Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola halok bo‘ldi
Yuk mashinasi haydovchisi o‘zidan oldinda velosiped boshqarib ketayotgan bolani ko‘rmay qolib, urib ketgan.
Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 22 sentabr kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 12:30 da Diyor ko‘chasida «GAZ-53» rusumli yuk mashinasi haydovchisi o‘zidan oldinda velosiped boshqarib ketayotgan bolani payqamay qolgan.
«Bu kun» informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, bola velosiped bilan keskin chapga qayrilgan vaqtda yuk mashinasi haydovchisi uni ko‘rmay qolib urib yuborgan.
Oqibatda, bola og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Biroq muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024