Jahon | 09:40 / 22.10.2024
1380
2 daqiqa o‘qiladi

Livan Isroil hujumlari tufayli aholi ko‘chishi inqiroziga duch kelmoqda

To‘xtovsiz o‘qqa tutilish mamlakatga yetkazilayotgan insonparvarlik yordamiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Livanda davom etayotgan Isroil hujumlari tufayli insonparvarlik yordami va tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda va mamlakat keng ko‘lamli aholi ko‘chishi inqiroziga duch kelmoqda.

Bu haqda Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi (IFRC) Livandagi vakili Lotte Ruppert «Anadolu»ga ma’lum qildi.

U o‘tgan oydan beri Livanga hujumlar soni ortganiga e’tibor qaratdi. «Mamlakatdagi vaziyat haqiqatan ham yomonlashdi. 2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 10 mingdan ortiq odam yaralandi. Ular orasida oddiy fuqarolar, tibbiyot xodimlari va bolalar ham bor. Shu munosabat bilan biz zo‘ravonlikning bu ortishidan juda xavotirdamiz», — dedi Ruppert.

Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning o‘qqa tutishi sababli mamlakatda 1 milliondan ortiq odam ko‘chirildi, ularning uchdan bir qismi bolalar.

Ko‘pchilik hanuzgacha xavfsiz mahalla qidirmoqda yoki qo‘shnilari yoki qarindoshlari bilan yashashga majbur, dedi IFRC vakili.

Mavzuga oid