Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubadagi 70 foiz aholi punktida elektr ta’minoti tiklandi
Kubadagi aholi punktlarining 70 foizdan ortig‘ida, jumladan Havananing bir qancha mahallalarida elektr ta’minoti tiklandi, biroq ta’mirlash ishlariga bo‘ron to‘sqinlik qilmoqda.
Ketma-ket ikkita blekautdan so‘ng Kubadagi aholi punktlarining 70 foizdan ortig‘ida elektr ta’minoti tiklandi. Muammo bosqichma-bosqich hal qilinayotgani haqida 22 oktyabr, seshanba kuni Reuters va dpa agentligi xabar berdi.
Davlat elektr tarmog‘i operatori poytaxt Havananing ba’zi tumanlari 21 oktyabrdan elektr energiyasi bilan ta’minlanganini ma’lum qildi. Ayni paytda, Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning eng kambag‘al mavzelarida bir nechta norozilik namoyishlari qayd etilgan.
Shu bilan birga, o‘tgan hafta oxirida «Oskar» to‘foni tufayli kuchli suv toshqini va talafotlar yuz bergan janubi-sharqiy Guantanamo provinsiyasida elektr quvvati hali tiklangani yo‘q.
Kuba elektr stansiyalari nosozligi tufayli tez-tez elektr uzilishlarini boshdan kechirmoqda
Mahalliy matbuotning yozishicha, 40 yil avval Sobiq Ittifoq qurgan elektr stansiyalarga yetarlicha texnik xizmat ko‘rsatilmagani tufayli muammolar takrorlanmoqda.
Energetika va konlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yiliga 8 million tonna yonilg‘i iste’mol qilinadi, shundan atigi 3 million tonnasi mahalliy ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy embargo tufayli Kuba energiyaga bo‘lgan ehtiyojning katta qismini Venesuela, Rossiya va Meksikadan oladi.
So‘nggi yillarda Kuba hukumati elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish va ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida suzuvchi elektr stansiyalarni ijaraga olishni boshladi.
Mavzuga oid
22:15 / 05.06.2026
Tramp Eron masalasi «hal bo‘lgach» Kubadagi rejimni o‘zgartirish rejasini e’lon qildi
08:38 / 05.06.2026
Vashington Kuba rahbariyatiga bosimni kuchaytirmoqda
17:56 / 22.05.2026
Rubio Kubani AQSh uchun tahdid deb e’lon qildi
22:52 / 20.05.2026