Jahon | 14:50 / 25.10.2024
3376
1 daqiqa o‘qiladi

Seuldagi prezident majmuasiga KXDRdan uchirilgan chiqindi shari quladi

Shimoliy Koreyadan uchirilgan havo sharlaridan biri Janubiy Koreya prezidentlik majmui ustida yorilib, bino ustiga chiqindilar tushgan.

Foto: AP

KXDRdan uchirilgan chiqindi sharlaridan biri Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi prezidentlik majmuasi ustida havoda yorilib ketdi.

Yonhap agentligining Janubiy Koreya armiyasiga tayanib xabar berishicha, KXDRdan yana chiqindi sharlar uchirilgan.

O‘z navbatida, Janubiy Koreya prezidentining Xavfsizlik xizmati Shimoliy Koreyadan uchirilgan havo sharlaridan biri Janubiy Koreya prezidenti majmuasi ustidan yorilib ketgani, havo sharining qoldiqlari esa binoga tushgani haqida xabar bergan.

Xabar qilinishicha, chiqindi Janubiy Koreya Bosh shtabi (JCS) boshchiligida yig‘ilgan va unda xavfli moddalar bo‘lmagan.

Ikki Koreya o‘rtasidagi taranglik bir necha oydan beri davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid