Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
16 oktyabr kuni Jigava shtatida benzovoz portlab, ko‘pchilik kuyib halok bo‘ldi.
Nigeriya shimolidagi Jigava shtatida benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 181 kishiga yetdi.
Bu haqda Jigava shtati gubernatori Umar Namadi prezident Bola Ahmad Tinubu bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Namadining aytishicha, portlashda yaralangan 80 kishi hamon kasalxonada. Voqea 210 oilaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Majia tumanidagi Kano-Xadeja trassasida 16 oktyabr kuni benzovoz portlashi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, haydovchi belgilangan tezlikdan oshib ketgan, natijada boshqaruvni yo‘qotgan va benzovoz ag‘darilib ketgan.
Mahalliy aholi ag‘darilib ketgan mashinadan yonilg‘ini to‘kib tashlamoqchi bo‘lganida, u portlab ketgan va ko‘pchilik kuyib halok bo‘lgan.
Hodisadan keyin prezident Bola Ahmad Tinubu butun mamlakat bo‘ylab yonilg‘i tashish xavfsizligi protokollarini har tomonlama ko‘rib chiqishni talab qildi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025