O‘zbekiston | 11:39 / 28.10.2024
26987
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda deputatlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Saylovda davomat 74 foizdan oshiqni tashkil etgan.

27 oktyabr kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovida ro‘yxatga olingan 19 million 944 mingdan ortiq saylovchidan 15 million 27 ming 529 nafari (74,72 foizi) ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Toshkentda o‘tkazilgan brifingda e’lon qildi.

Qonunchilik palatasi uchun Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz to‘plab (26 ta mandat) birinchi, «Milliy tiklanish» partiyasi 18,82 foiz bilan ikkinchi (14 mandat) bo‘ldi.

Keyingi o‘rinlar Xalq demokratik partiyasi (17,11 foiz, 13 ta o‘rin), «Adolat» partiyasi (16,20 foiz, 12 ta) va Ekologiya partiyasi (13,12 foiz, 10 ta o‘rin) o‘rtasida taqsimlangan.

Bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha esa O‘zLiDeP 38 ta, «Milliy tiklanish» 15 ta, «Adolat» 9 ta, XDP 7 ta, Ekopartiya esa 6 ta o‘ringa ega bo‘lgan.

Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi mandatlarining umumiy soni quyidagicha bo‘ldi:

  • O‘zLiDeP – 64 ta;
  • «Milliy tiklanish» – 29 ta;
  • «Adolat» – 21 ta;
  • XDP – 20;
  • Ekopartiya – 16 ta.

Mavzuga oid