Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada Rossiya yer uchastkasi xatlovga olindi
Rossiya fan va madaniyat markaziga qarashli yer uchastkasi «Naftogaz» da’vosi bo‘yicha olib qo‘yildi. Kompaniya Haagadagi arbitraj tomonidan buyurilgan tovon puli to‘lanishini talab qilmoqda.
Finlandiya sudi Helsinkidagi Rossiya fan va madaniyat markazining yer uchastkasini xatlovga oldi, deb xabar bermoqda Helsingin Sanomat gazetasi 28 oktyabr, dushanba kuni. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 3326 kvadrat metrlik yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror 24 oktyabrdan kuchga kirdi.
Rossiya fan va madaniyat markazi uchastkasi Ukraina davlat energetika kompaniyasi «Naftogaz» talabiga binoan xatlovga olingan. U 2016 yildan beri yarimorol qo‘shib olinganidan keyin Rossiya davlati tomonidan Qrimdagi aktivlari milliylashtirilgani yuzasidan Rossiya Federatsiyasini sudga berib keladi. 2023 yilda Haaga arbitraj sudi Rossiyaga Ukraina kompaniyasiga 5 milliard dollar to‘lashga majburiyatini yukladi. Rossiya buni rad etyapti.
Finlandiya YeIni Rossiyani tiyib turishga ko‘proq sarmoya kiritishga chaqirdi
Finlandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Yevropa davlatlarini mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritishga va Rossiyadan kelayotgan tahdidni tiyib turish choralariga chaqirdi. «Men Putindan hamma narsani kutishga tayyorman», dedi Finlandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari 27 oktyabr kuni Funke nashrlar guruhiga bergan intervyusida.
Kelajakda Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa uchun yalpi ichki mahsulot ikki foizini tashkil etish bo‘yicha NATO maqsadidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflashi kerak, deydi Valtonen. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Rossiya Federatsiyasining G‘arb bilan gibrid urushi doirasidagi asosiy nishonlari Germaniya va Fransiya hisoblanadi. Valtonenning aniqlik kiritishicha, Kreml asosiy urg‘uni mahalliy aholi orasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash darajasini pasaytirish uchun dezinformatsiyani tarqatishga qaratgan. «Hech kim Ukrainadan ko‘ra ko‘proq tinchlikni xohlamaydi, ammo agar kimdir qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish orqali urushni to‘xtatish mumkin deb hisoblasa, men faqat bir narsani aytishim mumkin: bu urushning tugashiga olib kelmaydi, bu Ukrainaning oxiriga olib keladi», — dedi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab.
Shu nuqtayi nazardan, Valtonen Germaniyaning Rossiya hududiga chuqur hujumlar uchun Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlamaslik qaroriga izoh berishdan o‘zini tiydi, biroq xalqaro huquq o‘zini himoya qilishning bir qismi sifatida o‘z chegaralaridan tashqarida harbiy nishonlarga zarba berishni taqiqlamasligini eslatdi. Finlandiya Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ga 2024 yil may oyida Helsinkidan olingan qurollarni Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga qarshi ishlatishga ruxsat bergan edi.
Mavzuga oid
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026