Jahon | 18:24 / 04.11.2024
6954
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

Uning qo‘lida metall bilaguzuk bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

Peru havaskorlar chempionati doirasidagi futbol o‘yinida fojia yuz berdi.

«Familia Chokka» va «Xuventud Bellavista» o‘rtasidagi bahs vaqtida stadionga chaqmoq urdi. Hakam zudlik bilan o‘yinni to‘xtatdi.

Biroq, futbolchilar maydonni tark eta boshlaganida yana bir bor chaqmoq chaqdi va bu safar futbolchilarga tegdi. Oqibatda, 39 yoshli Xose de la Kruz halok bo‘ldi, yana 7 futbolchi jarohat oldi. Ular kuyish jarohati bilan shifoxonaga yetkazildi.

Chilka munitsipaliteti fuqarolik mudofaasi rahbarining matbuotga xabar berishicha, yashin futbolchining qo‘lidagi metall bilaguzuk tufayli urgan.

Mavzuga oid