Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
Sobiq vazir 24 yillik qamoq jazosini qattiq rejimdagi muassasada o‘tamoqda.
Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bishimbayev 24 yillik qamoq jazosini koloniyada o‘tashda davom etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi jinoiy-ijro tizimi qo‘mitasiga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ta shafqatsizlarcha va qiynoqlar bilan o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan Bishimbayev qamoqdan qochmagan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda sudlangan Bishimbayev Quvondiqning qamoqdan qochib ketgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu mahkum jazoni qattiq rejimdagi muassasada o‘tamoqda», deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bishimbayevning koloniyadan qochib ketgani haqidagi yolg‘on ma’lumot tarqatilgani sababli jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarning qozoq segmentida Bishimbayev koloniyadan g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
10:04 / 10.03.2026
Ikki oyda 45 ta jinoiy guruh fosh etildi
19:27 / 09.02.2026