Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
Moldova sudlari prezidentlik saylovlaridagi qonunbuzarliklar bo‘yicha to‘qqizta da’voni ko‘rib chiqmoqda, dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari o‘rinbosari. Bu Konstitutsiyaviy sudning ovoz berish natijalarini tasdiqlashiga to‘sqinlik qiladi.
Moldova Konstitutsiyaviy sudi sudlar saylov jarayonidagi qonunbuzarliklar haqidagi barcha shikoyatlarni ko‘rib chiqqandan keyin prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlash sanasini belgilaydi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Pavel Postike 16 noyabr, shanba kuni TV8 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
MSK 9 noyabr kuni ovoz berish natijalarini tasdiqladi va hisobotni Konstitutsiyaviy sudga taqdim etdi. Moldova qonunchiligiga ko‘ra, sud MSKdan hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n kun ichida saylovlarning qonuniyligini tekshiradi — lekin sudlar va saylov organlari ko‘rib chiqilayotgan nizolar va apellyatsiyalar hal qilinishi kerak, dedi Postike.
Ayni paytda saylov jarayonida qonunbuzarliklar bo‘yicha sudlarda to‘qqizta da’vo ko‘rilmoqda, dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari o‘rinbosari. Saylov davridagi sud jarayonlari shoshilinch ravishda, shikoyat berilgan kundan boshlab uch kun ichida ko‘rib chiqiladi, dedi u.
Yevroparlament Mayya Sanduning RF ustidan g‘alabasi haqida ma’lum qildi
Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu «eng qiyin raqib — Rossiya Federatsiyasi va Moldovada saylovchilarni manipulyatsiya qilish, dezinformatsiya va sotib olish uchun safarbar qilgan misli ko‘rilmagan resurslar ustidan g‘alaba qozondi». Bu haqda 4 noyabr kuni Yevroparlamentning Moldova bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Zigfrid Muresan ma’lum qildi.
«Saylov natijalari Moldova Respublikasi xalqining ham g‘alabasi bo‘lib, u Yevropa kelajagiga intilayotganini yana bir bor namoyish etdi», deb ta’kidladi ruminiyalik deputat. Ruminiyalik deputatga ko‘ra, Sanduning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi, shuningdek, Moldovaning Yevropa integratsiyasi bo‘yicha referendumning ijobiy natijasi bu mamlakatni yanada kuchli davlatga aylantiradi.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
23:16 / 12.06.2026