Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
Poytaxtning beshta tumani hududida issiqlik ta’minoti qisman o‘chiriladi. Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda.
Foto: Veolia Energy Tashkent
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitish quvurida avariya yuz berganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, isitish quvurida avariya holati yuzaga kelgani sababli (issiq suv ta’minotini cheklamagan holda) issiqlik ta’minoti quyidagi manzillarda vaqtinchalik to‘xtatildi:
- Mirobod tumani — Nukus, Taras Shevchenko, Oybek, Gospital, Amir Temur, Shahrisabz, Buxoro, Sodiq Azimov, Said Baraka ko‘chalari;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — Ts-1, Ts-2 massivlari;
- Yunusobod tumani — massiv Ts-2 va Yahyo G‘ulomov ko‘chasi;
- Yakkasaroy tumani — Nukus va Kichik Beshyog‘och ko‘chalari;
- Yashnobod tumani — Sodiq Azimov, Istiqlol, Istiqbol, To‘ytepa, Maxtumquli, Elbek ko‘chalari.
«Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda. Veolia Energy Tashkent MChJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:51
Poytaxtda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan onlayn tarmoq fosh etildi
10:40
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
22:11 / 16.03.2026
Deputat Toshkentda tadbirkorlarga tegishli reklama va peshlavhalarni majburiy demontaj qilinishini qoraladi
14:31 / 16.03.2026