Jahon | 10:10
10607
3 daqiqa o‘qiladi

RF sobiq ofitseri: YaQ to‘liq jangovar tayyor holatda saqlanyapti

Dezertirlik qilgan sobiq rossiyalik zobit BBC bilan suhbatda Rossiya yadro arsenalining holati haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yadro qurolini to‘liq jangovar tayyor holatda saqlayapti.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi kuni Rossiya Federatsiyasidagi yadro arsenalini saqlash bazalaridan kamida bittasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda BBC media-korporatsiyasiga RF yadroviy kuchlarining Rossiyani tark etgan sobiq zobiti ma’lum qildi. 26 noyabr, seshanba kuni u bilan suhbatga asoslangan material chop etildi.

«Bunga qadar biz faqat mashg‘ulotlar o‘tkazardik, ammo urush boshlangan kuni biz dengiz va havo kuchlarini joylashtirishga va nazariy jihatdan yadroviy zarba berishga tayyor edik», dedi u.

2022 yil 27 fevralda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya chegara qo‘shinlarini maxsus jangovar ogohlantirish rejimiga o‘tkazishni buyurdi.

BBC suhbatdoshiga ko‘ra, urushning birinchi kunida uning bazasida jangovar ogohlantirish e’lon qilingan va uning bo‘linmasi «baza ichida yopilgan». Yuqori ogohlantirish rejimi ikki-uch haftadan so‘ng bekor qilindi, dedi u.

«Yadro qurolini saqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda»

Britaniya korporatsiyasining manbasi, uning so‘zlariga ko‘ra, tezkor reaksiya kuchlari tarkibiga kirgan. U Rossiya Federatsiyasida Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan yadro qurollari jangovar tayyor bo‘lmasligi mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

«Ba’zi hududlarda eskirgan qurol turlari bo‘lishi mumkin, ammo mamlakatda ulkan yadro arsenali, juda ko‘p jangovar kallaklar mavjud, jumladan quruqlikda, dengizda va havoda doimiy jangovar patrullar bor», — deya ta’kidladi u. Bildirilishicha, yadro qurolini saqlash ishlari davom etmoqda, u bir daqiqaga ham to‘xtamaydi.

G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi

G7 «Rossiyaning mas’uliyatsiz va tahdidli yadroviy ritorikasini, shuningdek, strategik qo‘rqitish pozitsiyasini keskin qoralaydi». Bu haqda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining 26 noyabr kuni Italiyaning Fyuji shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotida aytildi.

«Biz hech qachon yadro qurolidan foydalanish tahdidlariga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi kontekstida yadro qurolidan foydalanishiga hech qachon toqat qilmaymiz», — deyiladi hujjatda.

Mavzuga oid