TikTok o‘smirlarga «go‘zallik filtrlari»dan foydalanishni cheklaydi
Yangi cheklovlar foydalanuvchi yuziga makiyaj qo‘shadigan, lablarini shishiradigan, yuz tuzilishini o‘zgartirib, qoshlarini tortadigan ommabop effektlarga taalluqli.
TikTok platformasi o‘smirlar himoyasiga qaratilgan yangi chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Kompaniya endi 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga «go‘zallik filtrlari»dan foydalanishni taqiqlaydi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Qayd etilishicha, gap foydalanuvchi yuziga makiyaj qo‘shadigan, lablarini shishiradigan, yuz tuzilishini o‘zgartirib, qoshlarini tortadigan ommabop effektlar haqida ketmoqda.
Bunday choralar filtrlardan foydalanish bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi xavotiri sabab qabul qilingan.
Bundan tashqari, TikTok 13 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar orasida soxta akkauntlarga qarshi kurashlarini kuchaytiradi. Kompaniya 2024 yil oxiriga qadar yoshga bog‘liq cheklovni buzadiganlarni aniqlovchi yangi avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, TikTok har chorakda bolalarga tegishli 20 millionga yaqin akkauntni o‘chirib tashlaydi, ammo ba’zida tizim kattalarni ham bloklab qo‘yishi mumkinligini tan oladi. Bunday holatda foydalanuvchi o‘z akkauntini qayta tiklashni so‘rab qo‘llab-quvvatlov xizmatiga murojaat qilishi mumkin.
«TikTok yoshlar orasida ma’lum bir noroziliklarni keltirib chiqarsa-da, barcha foydalanuvchilar uchun xavfsiz makonni yaratish bo‘yicha ishlarini davom ettiradi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Kanada TikTok videoservisidan milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatdagi TikTok Technology Canada Inc bo‘linmasi faoliyatini to‘xtatishni talab qilgandi. Shu bilan birga Kanada hukumati TikTok ilovasi ishini bloklash niyatida emas: undan foydalanish bo‘yicha qarorni foydalanuvchilarning o‘zlari qabul qilishi kerak.
Mavzuga oid
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
19:03 / 22.11.2024
"16 yoshli" ayolning 1 yashar egizak farzandi. Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
09:31 / 20.11.2024