Jamiyat | 14:31
2024
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi

O‘zbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. 

Foto: IIV

O‘zbekiston Respublikasi IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor surishtiruv olib borildi.

Ular davomida, 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida, internet tarmog‘i orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh bo‘lishiga chaqiramiz. O‘zingizning taqdiringizga befarq bo‘lmang", - deyiladi  IIV xabarida.

Mavzuga oid