Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Özbekistonda qarindoşlari bilan birga işlaşi mumkin bölgan davlat taşkilotlari xodimlari röyxati tasdiqlandi.

Röyxatda qarindoşlarning birga işlaşini çeklaş töğrisidagi qoidalardan istisnolarga yöl qöyilişi mumkin bölgan davlat taşkilotlari xodimlari keltirilgan.

Unda 17 ta davlat taşkiloti xodimlari örin olgan:

  • Özbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari;
  • Qişloq joylardagi qişloq xöjaligi taşkilotlari va qişloq xöjaligi böyiça ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari;
  • Temir yöl transportining liniya taşkilotlari, yöl, quriliş-montaj va temir yöllarning ixtisoslaştirilgan trestlarining quriliş-montaj va köpriksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalaşgan kolonnalari va boşqa harakatlanuvçi tuzilmalarning xodimlari, uşbu korxona va taşkilotlarning boş buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborçilari) va kassirlaridan taşqari;
  • Aloqadan foydalaniş taşkilotlari xodimlari;
  • Soğliqni saqlaş, davolaş-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya taşkilotlarining şifokorlari;
  • Barça ta’lim taşkilotlaridagi pedagog xodimlar, öqituvçilar, bibliograflar va kutubxonaçilar;
  • “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonunga muvofiq mehnat şartnomasi tuzilmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvçi davlat fuqarolik xizmatçilari;
  • Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalar ijodiy xodimlari;
  • Arxivlar xodimlari, ilmiy muassasalar xodimlari, muassasalarning boş buxgalterlari, buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborçilari) va kassirlaridan taşqari, şuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarmoq taşkilotlarining xodimlari;
  • Dala geologiya (ekspeditsiyalari, uçastkalari va boşqa) taşkilotlari xodimlari;
  • Qişloq joylarda işlaydigan örmon va suv xöjaligi mutaxassislari, maktabgaça va maktab ta’limi taşkilotlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma’rifiy taşkilotlar xodimlari;
  • Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllaridan foydalanadigan yöl taşkilotlarining xodimlari, taşkilotlarning boş buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborçilari) va kassirlaridan taşqari;
  • Quriliş-montaj va köpriksozlik quriş poyezdlari, mexanizatsiyalaşgan kolonnalar va boşqa köçma maxsus quriliş tuzilmalarining xodimlari, taşkilotlarning boş buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborçilari) va kassirlaridan taşqari;