Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
Qarshi shahridagi Sulton Tex Group kompaniyasi va Kuvaytning Unique Goods Import & Export kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
O‘zbekistonning Al-Kuvaytdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida o‘zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarini Kuvaytga eksportini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Unique Goods Import & Export kompaniyasi rahbari Suad al-Mahri Kuvayt bozoriga kirishda talab etiladigan jihatlar, asosiy raqobatchilar va mamlakat iqlim sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalarini yuborish va eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026