MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
Prezidentning "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.
Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Byuro Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqiga a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lash uchun mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi – turli mamlakatlarning sud ijrochilari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun tashkil etilgan nodavlat tashkilot. 1952 yilda Fransiya Sud ijrochilarining milliy palatasi tashabbusi bilan tuzilgan. Hozirgi vaqtda tashkilot taxminan 100 ta mamlakatning sud ijrochilari xizmatlarini birlashtiradi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, Byuro direktori, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rniga uning tarkibiga lavozimi bo‘yicha Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i kiradi.
Mavzuga oid

11:52 / 22.03.2025
AQShda sud sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asar mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligini tasdiqladi

15:34 / 18.03.2025
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi

12:20 / 17.03.2025
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi

10:09 / 14.03.2025