Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda “Kamaz” temiryo‘ldagi qizil chiroqqa bo‘ysunmay shlagbaumini urib o‘tib ketdi
Yuk mashinasi avtoshlagbaumni urib o‘tib, 4-sonli UZP qurilmasining ustiga chiqib ketgan va qurilmani sindirgan.
Foto: Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli
Jizzaxda “Kamaz” yuk mashinasi temiryo‘ldagi svetoforning qizil ishorasiga bo‘ysunmasdan shlagbaumni urib o‘tib ketgan. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 24 noyabr kuni soat 01:05 larda sodir bo‘lgan. Jizzax-Sirdaryo yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Qashqadaryo viloyati raqamida bo‘lgan “Kamaz” “Dashtobod-Robot-Dashtobod-Yangiyer” bekatlari oralig‘i 32 kilometrida joylashgan temiryo‘l kesishmasida, ogohlantiruvchi qizil chiroqga bo‘ysunmasdan harakatlangan.
Oqibatda, yuk mashinasi avtoshlagbaumni urib o‘tib, 4-sonli UZP qurilmasining ustiga chiqib ketgan va qurilmani sindirgan.
Qayd etilishicha, poyezdlar harakatlanayotgan vaqtda temir yo‘l kesishmalarida avto hamda boshqa transport vositalari harakatini to‘xtatib, harakat xavfsizligini ta’minlash uchun o‘rnatilgan ushbu UZP qurilmasi, yuk va yo‘lovchi poyezdlari hamda yuzlab yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlab, baxtsiz hodisaning oldini olishda juda katta o‘ringa ega hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:09 / 28.02.2026
Jizzaxda dehqon xo‘jaligi yerini 950 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:15 / 26.02.2026
Jizzaxda «Yangi Jizzax» shaharchasi barpo etiladi
08:25 / 26.02.2026
Jizzaxda ta’lim tizimi rahbari pora bilan qo‘lga tushdi
19:53 / 23.02.2026