Ko‘p qavatli uylardagi lokal qozonxonalar uchun gaz narxi pasaytirildi
Lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar 650 so‘mdan hisoblanadi.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga issiqlik energiyasi yetkazib berish uchun tabiiy gaz tariflari pasaytirildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
2024 yil 31 maydagi Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandiga asosan, maishiy iste’molchini gaz bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar kommunal-maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflar va shartlar asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.
Mazkur talab asosida aholi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda lokal qozonxonalarda me’yordan ortiq tabiiy gaz iste’mol qilingan bo‘lib, to‘lovlar va hisob-kitoblar 4 barobargacha qimmat tariflarda hisoblanib kelingan. Buning oqibatida aholi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasidan foydalanishda qimmat narxlarda to‘lov qilishga majbur bo‘lgan.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida hukumatga tegishli tashkilotlar tomonidan taklif kiritilgan va Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandi o‘zgartirilgan.
“Lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar maishiy iste’molchilar uchun bazaviy me’yor bo‘yicha belgilangan tarif asosida (ya’ni amalda 650 so‘m) amalga oshirilishi qayd etildi”, deyiladi Raqobat qo‘mitasi xabarida.
Mavzuga oid
11:48 / 02.12.2024
660 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi
09:31 / 29.11.2024
4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
17:02 / 28.11.2024