Jahon | 07:50 / 04.12.2024
9037
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat rejimini bekor qildi

Janubiy Koreya parlamenti harbiy holat rejimiga qarshi chiqdi. Uni amalga oshirish uchun safarbar qilingan qo‘shinlar bazaga qaytdi, deb xabar berdi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi.

Foto: EPA/TASS

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda bir necha soat avval joriy etgan harbiy holat rejimi tugatilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 4 dekabr, chorshanba kuni erta tongda.

Bungacha mamlakat parlamenti – Milliy majlis harbiy holat rejimiga qarshi chiqqan edi. Reuters xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni kechki payt qurshovdagi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan 300 nafar deputatdan 190 nafari uni bekor qilish uchun ovoz bergan.

Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat parlamenti favqulodda holatni ko‘pchilik deputatlar yoqlab ovoz bergan taqdirda bekor qilish huquqiga ega. Ovoz berishdan keyin parlament spikeri Vu Von Sik Yun Sok Yolni qarorini bekor qilishga chaqirdi.

Janubiy Koreya qo‘shinlari bazaga qaytdi

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy holatni amalga oshirish uchun safarbar etilgan qo‘shinlar bazaga qaytib, normal holatni tiklashga imkon berdi, deb xabar qildi Yonhap.

Mamlakatda harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi qonun bekor qilinganidan so‘ng, muxolifat bloki vakillari prezidentni tanqid qilishni kuchaytirdi, ba’zilari esa uning impichmentini boshlash bilan tahdid qilishdi, deya xabar beradi nashr.

Yun Sok Yolning o‘zi yana Milliy majlisni mamlakatni falaj qilayotgan «g‘azabnok» harakatlarni, jumladan, hukumat amaldorlariga impichment e’lon qilishga urinishlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Mavzuga oid