Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
XXR Tashqi ishlar vazirligi «AQShni Xitoy suvereniteti va Hongkong qonunlarini hurmat qilishga» chaqirdi.

Foto: Reuters
Xitoy tashqi ishlar vazirligi «Hongkong bilan bog‘liq masalalarda nohaq harakatlarni amalga oshirgan» Amerika fuqarolariga viza cheklovlarini joriy etadi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Mao Nin ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, matbuot anjumanida Shenzhen TV jurnalistlari AQSh tomonidan Hongkong milliy xavfsizligi himoyasi to‘g‘risidagi qonunning bajarilishini nazorat qilayotganlarga joriy etilgan viza cheklovlariga qanday javob qaytarilishi to‘g‘risida savol bergan. XXR TIV matbuot kotibi Xitoy allaqachon AQShga «o‘zining rasmiy pozitsiyasini bildirganini» ma’lum qildi.
Maoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Hongkong bilan bog‘liq muammolardan foydalanib, «Xitoy rasmiylariga to‘satdan viza cheklovlarini kiritgan, bu Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashish va xalqaro huquq tamoyillari hamda xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlarini jiddiy buzishdir». Matbuot kotibi Hongkong Xitoyning bir qismi ekani va Hongkong ishi Xitoyning ichki ishi ekanini ta’kidlab o‘tgan. «Biz AQShni Xitoy suvereniteti, Honkong qonunlarini hurmat qilishga va har qanday shaklda Hongkong ishiga aralashishni to‘xtatishga chaqiramiz», — deydi u.
AQSh tomonidan ayrim honkonglik amaldorlarga viza cheklovlarining joriy etilishiga muxolifatning 45 nafar vakili milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun qamalgani sabab bo‘ldi. Hukumatni ag‘darishga til biriktirganlikda ayblangan muxolifatchilar to‘rt yildan o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi
Jahon | 14:54
-
Ukraina Rossiyaning yangi yurishiga tayyorlanmoqda
Jahon | 14:44
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
Sport | 13:44
Mavzuga oid

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

18:11 / 27.03.2025
TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

14:33 / 27.03.2025