O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
11 dekabr kuni boks bo‘yicha Osiyo chempionatida erkaklar ishtirokidagi final bahslari o‘tkazilib, Tailanddagi musobaqa O‘zbekistonning zafarli yurishi bilan yakunlandi.
Bugun kun davomida O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasining 10 nafar bokschisi finalda ringga ko‘tarildi. Ulardan Shahzod Muzaffarov va Jasurbek Yo‘ldoshevlar teng kurashli bahslarda qozog‘istonlik bokschilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi va kumush medalga ega chiqdilar. Qolgan 8 nafar bokschimiz raqiblaridan bir bosh ustunligini yana bir bor isbotladilar.
Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston milliy jamoasi umumjamoa hisobida 8 ta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza bilan yana bir bor qit’ada tengsizligini isbotladi.
E’tiborlisi, ushbu natija uchun o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari Qozog‘istonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham, Ukrainaning kuchli tarkibini ham yangilangan yosh tarkib bilan dog‘da qoldirishga erishdi.
O‘zbekiston erkaklar jamoasining Osiyo chempionatidagi g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Bronza medal:
+92 kg: Jahongir Zokirov
O‘zbekiston ayollar jamoasi esa Osiyo chempionati ayollar o‘rtasidagi bahslaring umumjamoaviy hisobida Qozog‘istonda keyingi 2-o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, ayollar terma jamoamiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayollar jamoasining Osiyo chempionatidagi g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush medal:
-54 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasi turnirning umumjamoaviy bahslarida jami 20 ta medal – 11 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza bilan 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Qozog‘iston jami 20ta medal – 9 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza bilan band qildi. Tailand 3ta oltin (jami 9ta medal) bilan uchlikdan joy olgan bo‘lsa, Xitoy (7ta medal) va Tojikiston (5ta medal) bittadan oltin medalga ega chiqib, beshlikdan joy oldi.
Mavzuga oid
08:47
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024