Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
«O‘zenergoinspeksiya» Toyloq tumanida joylashgan bitta fermer xo‘jaligi va ikkita MChJ tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilmay, 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan foydalanganini aniqladi.
«O‘zenergoinspeksiya» Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yish holatlari aniqlandi.
Xususan, Toyloq tumanida joylashgan «S.Sh.O.» fermer xo‘jaligi foydalanilgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelish natijasida ta’minot korxonasiga 4 milliard 637 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Ushbu tumandagi «P.A.O.» MChJ (537,7 million so‘m) va «P.M.W.» MChJda (371,3 million so‘m) ham tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirilmay kelgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Avvalroq Toshkent shahrida metallni qayta ishlash zavodi 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026