O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev vafot etdi
Teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi To‘lqin Tojiyev 88 yoshda edi.
O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.
«O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, o‘zbek dublyaj san’atining qiroli, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev tabarruk 88 yoshda bandalikni bajo keltirdi. Milliy teatri jamoasi marhumning oila a’zolariga, barcha yaqinlariga ta’ziya bildiradi», — deyiladi xabarda.
To‘lqin Tojiyev 1936 yil 13 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959 yili A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga ishga kirgan.
O‘zbekiston xalq artisti Jo‘ra Tojiyev xonadonida o‘sib, voyaga yetgan To‘lqin Tojiyev 1947 yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasi va respublika radiosida ishlay boshlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yuzdan ortiq — Bobchinskiy va Xlestakov («Revizor»da), Ozrik («Hamlet»), Edgar («Qirol Lir»), Yago («Otello»), Mansur va Jomiy («Alisher Navoiy»), Orif («Imon»), Abdullatif («Mirzo Ulug‘bek»), Jontoy («Sarviqomat dilbarim» spektakli) kabi obrazlar yaratgan.
To‘lqin Tojiyev «O‘zbekfilm» kinostudiyasida o‘zbekchaga o‘girilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan. «Qilich va qalqon», «Afonya», «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi», «Sizdan ugina, bizdan bugina», «Nofelet qayerda?» «Kanonir Dollasning sarguzashtlari», «Sadoqat», «Fillar mening do‘stlarim», «Ram va Sham» va hokazo.
To‘lqin Tojiyevga 1988 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan, 1997 yilda esa san’atkor «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
Mavzuga oid
18:10 / 03.11.2024
“Asosiysi jonim omon qoldi” – O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan suhbat
16:29 / 29.03.2023
“Dublyajga yangi ovozlar kerak” - Doktor Hausni o‘zbekcha gapirtirgan Muhammadjon Xo‘jayev bilan intervyu
16:40 / 30.06.2021
“Professional dublyaj va o‘zbekchaga o‘girib ovozlashtirish – boshqa-boshqa narsalar” - Elbek Mirzohidov bilan suhbat
15:40 / 18.06.2021