Muhammadjon Xöjayev salkam 20 yildan beri dublyaj aktyori va rejissyori sifatida ijod qilib kelmoqda. Ilk işlarini multfilmlarga ovoz berişdan boşlagan dublyaj ustasi şu kungaça mingdan ortiq xorijiy film qahramonlarini özbek tilida gapirtirdi. Ötgan davr içida öz kasbining zavqi va maşaqqatini yaqindan his qildi. U Kun.uz’ga bergan intervyusida özining faoliyati, qolaversa, dublyaj san’ati, uning buguni va kelajagi haqidagi mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
1984 yilda Özbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida iş boşlagan Muhammadjon Xöjayev 90-yillarga kelib faoliyatini televideniyeda, keyinroq radioda davom ettiradi. U dublyaj sohasiga kirib kelişini quyidagiça xotirlaydi.
“Ustozim Klara Halilova meni dublyajga olib kirgan. Öşanda bittagina filmga ovoz berganman, keyin «Özbekfilm» dublyaj studiyasi yopildi. Ammo öşa bitta film ham taqiqlar sabab namoyiş etilmadi. «Sport» kanalida dublyaj bölimi oçilgaç, u yerga ötdim. Asosan multfilmlarga ixtisoslaşgan edik. Özim tarjimonlik ham qilardim. Farziddin Fayozov, Hoşim Arslonov, Zulxumor Möminova, Dildora Rustamova, Elbek Mirzohidovlar bilan birga işlaganman. Ular dublyajda şakllanib bölişgandi, men esa keyin kirib kelganman”.

Dublyajda yangi ovozlarni şakllantirişda tajribali dublyaj aktyorlarining örni muhim. Bu borada keyingi yillarda sohada yaxşigina böşliqlar paydo böldi. Birin-ketin mahoratli dublyaj ustalari orasidagi yöqotişlar ham ta’sirini ötkazmay qolmadi.
“Oçiğini aytiş kerak, hozirgi kunda Sanjar Sa’dullayev, Oybarçin Bakirova, Fathulla Ma’sudovlarning örnini bosadigan odam yöq. Osmonda bir yulduz sönsa, uning örnini boşqasi egallolmaydi. Kelajak avlodga bu sohani örgatib boriş kerak, eng dolzarb masalalardan bu. Buning uçun ustoz aktyorlar ovozidagi filmlarni köproq qöyib turişimiz kerak. Toki, kelajak avlod şunday darajada ijod qiliş mumkin ekan, degan ibrat olişi kerak” deydi u.
Suxbat davomida dublyaj ustasi sohadagi muammoli holatlarga e’tibor qaratdi. Uning fikriça dublyajga ikkinçi darajali iş sifatida yondaşilayotgani sifatning tuşib ketişiga sabab bölmoqda.
“Bir muddat telekanallar aktyorlar bilan faqat şartnoma asosida işladi. Ya’ni şartnomasi yöq aktyorni çaqirmagan, uning ovozi kerak bölsa ham. Bugungi kunga kelib dublyaj jarayonida rejissyor örni pasayib ketgan. Ayrim joylarda umuman rejissyor yöq. Köp hollarda uning işlarini ovoz rejissyori bajaryapti. Agar u maslahatlaşib, aktyor ovozini töğri tanlasa, yaxşi iş böladi, lekin bemaslahat joyda qovun tuşirib qöyilişi mumkin.

















