Özbekiston xalq artisti Tölqin Tojiyev 88 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.

«Özbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, özbek dublyaj san’atining qiroli, Özbekiston xalq artisti Tölqin Tojiyev tabarruk 88 yoşda bandalikni bajo keltirdi. Milliy teatri jamoasi marhumning oila a’zolariga, barça yaqinlariga ta’ziya bildiradi», — deyiladi xabarda.

Tölqin Tojiyev 1936 yil 13 aprelda Toşkent şahrida tuğilgan. 1959 yili A.Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatib, Hamza nomidagi Özbek davlat akademik drama teatriga işga kirgan.

Özbekiston xalq artisti Jöra Tojiyev xonadonida ösib, voyaga yetgan Tölqin Tojiyev 1947 yildan «Özbekfilm» kinostudiyasi va respublika radiosida işlay boşlagan. Özbek Milliy akademik drama teatrida yuzdan ortiq — Bobçinskiy va Xlestakov («Revizor»da), Ozrik («Hamlet»), Edgar («Qirol Lir»), Yago («Otello»), Mansur va Jomiy («Alişer Navoiy»), Orif («Imon»), Abdullatif («Mirzo Uluğbek»), Jontoy («Sarviqomat dilbarim» spektakli) kabi obrazlar yaratgan.

Tölqin Tojiyev «Özbekfilm» kinostudiyasida özbekçaga ögirilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan. «Qiliç va qalqon», «Afonya», «Ivan Vasileviç kasbini özgartiradi», «Sizdan ugina, bizdan bugina», «Nofelet qayerda?» «Kanonir Dollasning sarguzaştlari», «Sadoqat», «Fillar mening döstlarim», «Ram va Şam» va hokazo.

Tölqin Tojiyevga 1988 yilda Özbekiston xalq artisti unvoni berilgan, 1997 yilda esa san’atkor «Döstlik» ordeni bilan mukofotlangan.