“Asosiysi jonim omon qoldi” – Özbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan suhbat
|23:10 / 03.11.202449 14914 min
“Qirol şer” multfilmidagi Mufasa, “Muhtaşam yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymonni özbekça gapirtirgan dublyaj ustasi Afzal Rafiqov yana mingdan ortiq ekran qahramonlarining ovoziga aylangan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda u noyob ovozining qanday qilib “yöqolib qolgan”i, kinodagi omadsiz faoliyati sabablari, Özbekistonda dublyajning rivojlanişdan töxtaşi, teatrlarda tomoşabin kamligi haqida gapirib berdi.
Keksayganda oğir sinov berildi
Asl kasbim sahna aktyori bölişiga qaramay, meni tomoşabinlarning katta qismi ovozim orqali taniydi. Ammo hamma bilgan ovozim hozir yöq. Keksayganda oğir sinov berildi, çap ovoz pardalarimda xastalaniş vujudga keldi. Oçiğini aytsam, bu nihoyatda qiyin vaziyat, undan çiqişim oson bölmadi, çuqur ruhiy tuşkunlikka tuşdim. Bir qança dorilar qabul qilib, davolaniş muolajalarini ötkazdim. Ammo bular natija bermadi, oxiri jarrohlik amaliyotiga rozi böldim. Sababi bu kasallik nafaqat ovozim, balki butun tanamga tahdid solib turgan xastalik edi.
Baxtim şunda ekanki, avvalo, jonim omon qoldi, ikkinçidan, ovozimning özi özgardi, biroq uning ortida turgan narsalar özgargani yöq. Did-farosat, içki dunyo, bilim – hammasi ovozdan bilinadi, diktofon yoki mikrofonda gapirganimda ana öşalarning barçasi saqlanib qolgani seziladi. Avval ham aytardim, har bir ovoz – betakror, noyob, gözal. Gap ovozda emas, uning ortida turgan narsalarda…
Uşbu sinovga qaramasdan faoliyatimni davom ettiryapman. Haliyam sahnadaman, hali ham mikrofon qarşisidaman. Bilasizmi, tomoşabin ham normal qabul qilyapti, “ovozing yöq ekan, çiqib ket sahnadan”, deb heç kim aytmayapti. Texnika rivojlangan, uning yutuqlaridan foydalanib tinglovçiga hamon maqbul keladigan kontentlarni tayyorlaşda davom etyapmiz. Yaqinda dasturçilar bir programmani yaratdi, u orqali ovozimdagi xastalik belgilari olib taşlanib, öqigan matnlarim avvalgi original ovozimga ögirilyapti. Endi işsiz qolib ketaman deb qörqmasam ham böladi.
“Tinglovçi yaxşiroq tuşunişi uçun Qur’oni karimni aktyor ovozi bilan öqidim”
1991 yil mustaqillikka erişganimizdan söng, Qur’oni karim özbek tilida naşr etildi. Öşa yili röza tutişni boşlagan edim. Ana şu kezlarda muqaddas kitobimizni boşidan oxirigaça öqib çiqdim. Kitob mutolaasini tamomlagandan söng, içimda bu asarning audio-disk formatini tayyorlaş kerak, degan ğoya tuğildi. Kitobning ovozli variantini işlab çiqariş uçun katta mablağ talab etilardi, bu borada köpçilikdan yordam söradim, izlandim, harakat qildim, lekin işim yurişmadi, homiy topilmadi. Oradan 16 yil ötib bir inson “Afzal aka, Qur’oni karimning özbekça tarjimasini audioformatda tayyorlamoqçimiz, öqib bera olmaysizmi?” deb qönğiroq qildi. Va men "
Mavzuga oid
bu narsani amalga oşirişni neça yildan beri orzu qilib yuribman, sizdan ayni şunday taklif tuşdi, bu ham Xudoning bir inoyati bölsa kerak, albatta öqib beraman
”, dedim. Şu tariqa, Şayx Abdulaziz Mansurning tarjimalaridan foydalanib, Qur’oni karimning özbekça audioyozuvlarini tayyorlaşga kirişdik.
Har bir qismni öqib tugatganimizdan söng, uning töğriligini şayxning özi tekşirib berar edi. Kitobni ovozlaştiriş jarayonida faqatgina yarim pora matnni öqiy olardim. Bitta porani töliq öqişga jismoniy kuçim yetmasdi. Qur’oni karimni quruq matn holida öqimay, aktyor sifatida his-tuyğu qöşib ovozlaştirişni ma’qul kördim. Bilasizmi, kitobdagi sözlar mazmunini töliq anglamasam, u yerda nima yozilganini tuşunib, etim junjikmasa, yozilgan matndan özim hayajonga tuşmasam, tinglovçiga qilayotgan işim yetib bormas edi. Şu sabab, asl mazmunni anglab, kitobni aktyor rolida ovozlaştirdim.
Uşbu kitobni öqiş uçun kişining ma’lum darajada tayyorgarligi bölişi kerak, tayyorgarligi yöq odam uni tinglay olmaydi. Kitobni aktyor ovozida audiolaştirişimizdan asosiy maqsadimiz tayyorgarligi yöq insonlar, hatto, bolalarning ham uşbu kitobni tinglaşga qiziqişi va intilişini orttirişdan iborat edi. Ba’zilarga keyinçalik bu formatda öqiganim yoqmadi, hissiyotsiz, quruq öqiş kerak, degan izohlarni berişdi. Lekin men tinglovçi tuşunib, his qilib, uning içiga şönğib ketişi uçun kitobni aktyor formatida öqişni tanladim. Kitobni ovozlaştiriş jarayonida musiqiy bezaklar qöşdik. Masalan, Xudoning qahri kelganda momoqaldiroqning ovozi, jannat haqida gap ketganda suvlarning şildiraşi, quşlarning sayraşi kabi musiqiy sayqallarni kiritdik. Agar quruq öqiyversangiz, bu tinglovçini zeriktirişi mumkin edi.
Teatrlarda tomoşabin kamligi azaliy masala
Ilgari, ya’ni Sovet ittifoqi davrida ham teatrlarga tomoşabin taşkil etilar edi. Administratorlar raykomga murojaat qilar, ular esa biletlarni tarqatişda katta yordam berardi. Tomoşabin turli taşkilotlardan majburiy-ixtiyoriy tarzda zörma-zöraki bilan olib kelinardi. 1969 yili Hamza teatriga işga kirgan bölsam, to u yerdan ketişim – 1987 yilgaça teatrdagi atigi ikkita spektakl özi tomoşabinni olib kelgan. Bular "Kelinlar qözğoloni" hamda "Bilmayin bosdim tikanni" asarlari edi. Ayni şu spektakllar uçun kassada biletlar qolmagan. Boşqa barça asarlarga, hatto davlat mukofotiga sazovor bölganlariga ham tomoşabin taşkil etilar edi. Hozir ham ahvol deyarli şunday. Çunki teatr xos san’at, ommabop emas. Unga har vaqt odam tirband bölmaydi, biroq teatr heç qaçon ölmaydi. Şu bois teatrga odam tuşmayapti, tomoşabin kamayib ketdi, deb heç qaçon öksiniş, tanqid qiliş kerak emas, vaziyat doim şunday bölgan.
Teatrning asosi – pesa, dramaturgiya esa adabiyotning eng murakkab janri, toji sanaladi. Masalan, roman yozgan odam pesa yoza olmaydi. Bu alohida yönaliş. Özbekistonda dramaturgiya oqsoq bölgan doim. Sobiq Hamza teatri özbek dramaturgiyasining laboratoriyasi edi, yozuvçi u yerga pesani olib kelar, asar teatrda öqilib, qayta işlanardi, repetitsiya jarayonida sayqallanardi. Şu tariqa kuçli pesalar teatrda yaratilardi.
Hozirda teatrning rivojlanişiga kerakli darajada yordam bera olmayotgan narsa ¬– dramaturgiya. Mahoratli dramaturglar barmoq bilan sanarli darajada. Ayni davrga kelib sohada rejissura masalasi ham örtaga çiqyapti, tajribali rejissyorlar kam. Bu kabi muammolar, ya’ni kadrlar masalasi avval ham bölgan, fikrimça, keyin ham davom etadi.
Bahodir Yöldoşev ketganidan söng teatrning menga qiziği qolmadi
Özbekiston xalq artisti Bahodir Yöldoşev teatrdan ketganidan keyin yangi rejissyorlar keldi, butun faoliyatim davomida Bahodir Yöldoşev bilan birga işlaganim bois boşqalardan ham undagi boşqaruvçanlikni izlar edim, biroq topa olmasdim. Uning eng katta yutuği repetitsiya jarayonida edi, aktyorlar bilan işlaşda, teatrlarning repertuarlarini taşkil qilişda, spektakllarning badiiy sifatida iş vaqtida haqiqiy ijod muhitini yaratardi. Uning sözlari bilan hamma ijod qilgisi kelar, san’at olamiga şönğib ketardi. Bahodir Yöldoşev teatrni tark etganidan söng, ayni öşa iş joyim (Özbek milliy akademik drama teatri)ning qiziği qolmadi. Şu kezlarda Özbekiston davlat akademik rus drama teatrining badiiy rahbari Vladimir Şapiro uç marta işga taklif qildi. Ikki marta rad javobini berib, uçinçisida yuqorida aytgan vaziyatim sabab qöşimça iş sifatida rus teatrida yarim stavka işlaşga rozi böldim. Lekin hali asosiy iş joyim davlat akademik drama teatrida edi. 2014 yil u yerda rahbar almaşdi. Yangi direktor teatrdagi barça nafaqaxörlarni çaqirib, “moyananing yarmiga işlaşga roziman deb ariza yozsangiz, teatrda qolişingiz mumkin”, degan şartni qöydi. Prezidentning yoşlarni qöllab-quvvatlaş haqidagi farmonini vaj qilib, “sizlar yarim oylikka işlasangizgina, yoşlarning maoşini kötara olişim mumkin”, deya murojaat qildi. Öşa kezda ariza yozib, özbek milliy akademik drama teatridan böşab ketganman. Keyinçalik bu vaziyat yuqoridagilarga yetib borganidan söng, pensionerlarning maoşini joyiga qaytarişgan, noqonuniy-da aslida bu. Lekin men işga qaytib bormaganman.
Ekranda işim yurişmadi
“Kinogeniçnost” degan tuşunça bor, ya’ni kinoda suratga tuşiş uçun insonning çehrasi ekranbop bölişi lozim. Ba’zi insonlar hayotda öta kelişgan, çiroyli bölmasa ham, ekranda körkam, jozibador çiqadi. Biroq menga bunaqa çehra berilmagan, suratlarda özimga heç qaçon yoqmaganman. Bundan taşqari, taşqi körinişim şarqona ham emas, yoşligimda atrofdagilar meni özbek demasdi. Şu sabab kinoda işim yurişmadi.
“Mikrofon oldiga duç kelgan odam ötira boşladi, şu sabab dublyajda sifat tuşib ketdi”
“Özbekning quloğiga hissiyot yoqadi”, buni televizon dublyajni endi boşlagan vaqtlarimizda tuşunib yetdik. 1992 yilda hindlarning köp seriyali “Mahobhorat” filmini özbek tiliga ögiriş boşlandi. Bu jarayonga sof dublyaj bilan şuğullanganlar içidan 4 kişi – Özbekiston xalq artistlari Hojiakbar Nurmatov va Oybarçin Bakirova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rima Ahmedova hamda meni taklif etişdi, şu jamoa “Mahobhorat” filmi bilan televizon dublyajni boşlab berdi. Nega aynan ular tanlab olingan, degan savol tuğilişi tabiiy. Bu işni Bahodir Ahmedov amalga oşirgan, u kişi televideniyega qanday ovozlar kerak bölişini juda yaxşi bilar edi. Mazkur törtlikning ovozi suvga öxşab qorişib ketadigan, moslaşuvçan, jonga tegmaydigan ovoz edi. Bir vaqtning özida bir neçta rolga bir-biriga öxşamaydigan ovozlarni bera oliş imkoniyat bor edi uşbu törtlikda. Şu sabab ular ilk özbek televizion dublyajiga tanlab olingan.
Yildan yilga dublyajlar soni köpaya boşladi. Dastavval faqat şu tört kişi filmlarni ovozlaştirar edi. Keyinçalik safimizga Dilbar Ismoilova qöşilgan, boşqa ijodkor dublyajga yaqin ham kelmas edi, odatda.
Oçiğini aytadigan bölsam, 1990 yilgaça Özbekistonda dublyaj san’at darajasiga kötarilgandi, dublyaj maktabi ham bor edi, yaxşi rivojlanayotgandi. Televideniyeda 1992 yillarda filmlar ovozlaştirila boşlanib, dublyaj markazi televideniyega köçganidan söng, kinostudiyadagi sof dublyaj tanazzulga yuz tutdi.
Vaqt ötib televideniyeda köplab kanallar dublyaj qiliş imkoniyatiga ega böldi, film, seriallar köpaydi, dublyajga boşqa aktyorlar ham çaqirildi. Ana öşa vaqtda xatoga yöq qöyildi: mikrofon oldiga duç kelgan, tajribasiz insonlar ötira boşladi va sifat tuşib ketdi. Şundan söng, dublyaj bilan şuğullanaman, deganlar ham köpaydi. Negadir dublyaj birdan köpçilikni qiziqtirib qoldi. Ilgari “dublyajda qatnaşaman”, deb jon-jahdi bilan tirişganlarni, “qanaqa qilib dublyajga borsa böladi?” deb yurganlarni heç uçratmasdim, bunaqa “ajiotaj” yöq edi. Odamlar dublyajga köp pul tölanadi, deb öylardi, ammo bunday emasdi. Dublyaj bilan şuğullaniş uçun aktyor böliş, sahnada bir-ikkita rol öynagan bölişi kerak, quruq ovoz bilan bu sohada professionallikka yetiş qiyin masala.
Tadbirlar, syomkalar, köça-köyda madaniyat sohasi vakillari “ustoz” deya çaqiradi. “Ustoz” deganlarni tan olaman, faqat ularni tarbiyalay olmaganman. Nazdimda, birovga bir narsani örgatiş uçun insonda alohida qobiliyat bölişi kerak. Kimgadir bilim ulaşiş ham alohida iste’dod. Menga aynan şu narsa berilmagan ekan. Hanuzgaça örgatişdan köra, örganişni ma’qul köraman. Yangi rolga qöl ursam, butun hayotim davomida qilgan işlarim, Özbekiston xalq artisti ekanim – hammasini bir çetga surib, göyo keçagina institutni bitirib, endi iş boşlagan aktyordek repetitsiyaga kirişaman. Şunday tayyorgarlik körmasangiz, natija siz xohlagandek çiqmaydi. Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga borib, nutq madaniyati böyiça 3 oy dars berib kördim. Öxşamadi, könglimga bu iş heç botmadi, özimni majburlar edim, oxiri taslim böldim dars bermaslikka.
Adabiy tilga şevalarni aralaştirmaslik zarur
Ommabop naşrlarda adabiy tilga kiritilmagan sözlarning qöllanayotganiga guvoh bölyapmiz. Bu holatga jiddiyroq qaraş kerak. Sönggi yillarda poytaxtga viloyatlardan köplab aholi köçib keldi, natijada me’yoriy tilga turli şevalar aralaşib ketdi. Faoliyatim davomida bildimki, mualliflar matnda öziga yaqin bölgan sözlarni qöllaşni afzal köradi. Masalan, bir safar dublyaj jarayonida jumlada şevaga xos sözlar qöllangani, vaholanki, özbek adabiy tilida öşa sözlarning sinonimi borligi, muallifga ularni almaştiriş lozimligini aytsam, buni qilişni xohlamadi. Sababi unga aynan öşa jumla yoqadi, bolaligidan quloğiga örnaşgan şevadagi sözlarning jaranglaşini xohlaydi. Hatto yozuvçi, şoirlar ham mana şunday xatoga yöl qöyyapti: şevani adabiy tilga aralaştirib yuboryapti. Fikrimça, bu xavfli jarayon – til me’yorlarining buzilişi, til birligining zaiflaşişi singari salbiy oqibatlarga sabab bölişi mumkin.
Intervyuni töliq holda Kun.uz YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.