Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi
Milliy jamoa og‘ir atletikachilari 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Foto: DBM/Deepbluemedia
Bahrayn poytaxti Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush hamda 2 ta bronza, jami 6 ta medal bilan 70 ga yaqin mamlakat milliy terma jamoalari orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatida -89 kg vaznda Sarvarbek Zafarjonov dast ko‘tarishda bronza medalga, -81 kg vaznda Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarishda bronza va ikki kurashda kumush medalga, -109 kg vaznda Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarish va ikki kurashda, Sharofiddin Amriddinov dast ko‘tarishda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida KXDR vakillari tengsiz bo‘ldi: 45 medal (26 oltin, 13 kumush, 6 bronza). Xitoy 31 medal (14 oltin, 8 kumush, 9 bronza) bilan ikkinchi, Qozog‘iston 7 medal (3 oltin, 3 kumush, 1 bronza) bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
20:30 / 26.10.2025
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev avtomobil bilan taqdirlandi
22:44 / 24.10.2025
O‘zbekiston yosh sportchilari Osiyo o‘yinlarida yana bir medalni qo‘lga kiritdi
20:41 / 22.10.2025