Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
Germaniyada maymunchechak virusining xavfli Ib varianti bilan kasallanishning bir necha holatlari aniqlangan. Kyoln yaqinidagi maktablardan biri karantin tufayli yopildi. Olimlarning ta’kidlashicha, aholi uchun xavf pastligicha qolmoqda.
Germaniyada mpox (maymunchechak nomi bilan ham tanilgan) virusining xavfli Ib varianti bilan kasallanishning bir necha holatlari aniqlangan. Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Ryosrat shahridagi maktablardan biri ikki nafar o‘quvchining kasalligi tufayli karantinga yopildi, undagi qolgan maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazildi, deb xabar berdi dpa agentligi 16 dekabr, dushanba kuni.
Ushbu ikki boladan tashqari, bir oilaning yana ikki a’zosi I toifadagi Ib mpox virusini yuqtirgan. Taxminlarga ko‘ra, ulardan biri Afrikaga qilgan sayohatidan kasallikni «olib kelgan» va qarindoshlariga bu kasallikni yuqtirgan. Hozir to‘rt nafari ham karantinda.
Berlindagi Robert Kox instituti (RKI) nemis aholisi uchun maymunchechakning xavfli shtammi bilan kasallanish xavfini hali ham «past» deb baholaydi. «Mpox'ning yuqishi yaqin jismoniy aloqani talab qiladi», deya ma’lumot berdi institut. Shu bilan birga, shifokorlar vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishlarini va o‘z baholarini tuzatishga tayyor ekanliklarini qo‘shimcha qilishdi.
Germaniyada mpox virusining Ib varianti bilan kasallanishning birinchi holati oktyabr oyida Kyolnda qayd etilgan. Bemor karantinga olindi. Taxminlarga ko‘ra, u Afrikaga safari paytida uni yuqtirib olgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025