Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida zararkunanda borligi aniqlandi
Pokistondan O‘zbekistonga import bo‘lgan mahsulot uchun rasmiylashtirilgan 30 dan ortiq fitosanitar sertifikat qalbaki ekanligi aniqlandi.
Foto: Getty Images
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabariga ko‘ra, har yili qish mavsumida respublikada sitrus mevalariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib, mazkur turdagi mahsulotlarning import hajmi ortadi. Mevalarning katta qismi O‘zbekistonga Pokistondan import qilinadi. Tabiiyki, olib kirilgan karantin ostidagi mahsulotlar karantin nazoratidan o‘tkaziladi.
Bir necha kun avval “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali 26 ta transport birligida Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida karantinosti zararkunanda borligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlardan namunalar olinib, agentlikning Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertiza o‘tkazildi. Tahlil natijasida import mevada “Qizil pomeranes” qalqondori mavjudligi aniqlandi.
Mazkur turdagi hasharot limon, xurmo, anjir, olma, olxo‘ri, zaytun, uzum kabi o‘simliklarning shirasi bilan oziqlanib, ularning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Asosan Pokiston, Afg‘oniston, Jazoir, Angola, Gvineya, Misr, Tanzaniya, Janubiy Afrika hududida tarqalgan.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida Karantin agentligi Pokiston karantin xizmati bilan bog‘langanda Pokiston tomoni dekabr oyida O‘zbekistonga mandarin eksporti uchun fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib berilmaganini bildirgan.
Agentlik xabarida aytilishicha, O‘zbekiston va Pokiston milliy karantin xizmatlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Qalbaki sertifikatlar mazkur elektron tizim orqali ham tekshirildi va fitosanitariya sertifikatlari qalbaki bo‘lgani aniqlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, endilikda Pokistondan olib kirilishi rejalashtirilgan barcha karantin ostidagi mahsulotlar uchun berilgan fitosanitariya sertifikati haqqoniyligi chegara maskanlarida Karantin agentligining E-Fitouz avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilib, Pokistonning elektron bazasida ushbu fitosanitariya sertifikati mavjudligi tasdiqlangandan so‘ng mahsulotlar olib kirilishiga ruxsat berilishi belgilandi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Pokistondan mandarin eksporti uchun import karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:00 / 11.05.2026
Pokistondagi hujumda kamida 15 politsiyachi halok bo‘ldi
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026