Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sport vazirining maslahatchisi bo‘lgan Avazjon Karimov yangi lavozimga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq Karimov Avazjon Qudratillayevich Sport vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Sport vazirining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avazjon Karimov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016 yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini, 2021 yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2006 yilda Karate milliy federatsiyasi raisi o‘rinbosarligidan boshlagan. 2019-2020 yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori, 2020-2021 yillarda jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari, 2021-2022 yillarda turizm va sport vaziri o‘rinbosari, 2022-2023 yillarda sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi, 2023-2024 yillarda yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025