Jazirama havo qarishni tezlashtiradi - tadqiqot
Issiqlik yurak va buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi, shuningdek, aqliy jarayonlarni sekinlashtiradi.
Ekstremal issiqlik nafaqat sayyoramizga zarar yetkazadi, balki inson organizmining qarish jarayonini tezlashtirishi ham mumkin, deb ta’kidladi olimlar. Nature xabar berishicha, bu haqda Amerika Gerontologiya jamiyatining yillik ilmiy anjumanida taqdim etilgan Amerika tadqiqotida aytilgan.
2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi aniq. Yanvardan oktyabrgacha global harorat shu qadar yuqori bo‘lganidan tez orada avvalgi rekordlar yangilanishi kutilmoqda.
Issiqlik yurak va buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi, shuningdek, aqliy jarayonlarni sekinlashtiradi. Ammo ekstremal harorat ko‘zga ko‘rinmas oqibatlar keltirib chiqarishi ham mumkin. Tadqiqotchilar “epigenetik soat” deb ataladigan DNKning kimyoviy o‘zgarishlari to‘plamini o‘rgandi. Bu o‘zgarishlar, odatda, yosh ulg‘ayishi bilan sodir bo‘ladi. Ular qarilik belgisi ekani haqida bahclar mavjud bo‘lsa-da, oldingi tadqiqotlar ushbu o‘zgarishlarni ekologik va ijtimoiy stress, shuningdek homiladorlik va sog‘likka oid holatlar bilan bog‘lagan.
Olimlar 2016–2017 yillarda 56 yosh va undan katta bo‘lgan 3,8 ming kishidagi shunday o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. So‘ng ushbu ma’lumotlar AQShdagi harorat kartalari bilan solishtirildi. Ishtirokchilarning irqiy va etnik kelib chiqishi, chekish-chekmasligi, yashash joyi hamda daromadi kabi boshqa omillar ham inobatga olindi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, issiq kunlar ko‘proq bo‘lgan hududlarda bir yoki olti yil davomida yashagan odamlar, salqinroq joyda istiqomat qilganlarga nisbatan molekulyar darajada “qariroq” bo‘lgan. Issiq kunlar ulushi har 10 foizga ko‘payganda, tadqiqot ishtirokchilarining molekulyar yoshi 0,12 yilga ortib borgan.
Molekulyar ko‘rsatkichlarning boshqa bir guruhi issiq iqlimda yashovchi odamlarning 0,6 foizi tezroq qariyotganini namoyish qilgan. Shu bilan birga issiq davr qisqa — bir necha kun yoki oyga cho‘zilganda, odamlarning yoshiga sezilarli ta’sir etmagan.
Tadqiqotda ishtirokchilarning konditsioneri borligi-yo‘qligi, ular tashqarida qancha vaqt o‘tkazgani hisobga olinmagan. Olimlar issiqlikka nisbatan individual reaksiyalarni ham kuzatmagan. Ushbu masalalar ustida keyingi ishlarda shug‘ullanish rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 08:33
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
Mavzuga oid

14:43 / 19.03.2025
Global isish nafas olish tizimi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda

11:32 / 18.03.2025
Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 50 foizdan oshiriladi

17:40 / 14.03.2025
Yoshlar orasida miokard infarkti ko‘payib borayotgani sabablari aytildi

10:30 / 10.03.2025