Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Jahon banki «Milliy elektr tarmoqlari» Xorazm viloyatidagi yangi quyosh elektr stansiyasidan elektr energiyasi xarid qilishi uchun O‘zbekistonga bank kafolati ko‘rinishida 3,5 mln dollar ajratdi.
Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishida 3,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi.
Ushbu kafolat «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» davlat kompaniyasining 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Xorazm viloyatidagi mazkur obektni qurish va ekspluatatsiya qilish Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish 2025 yilning noyabriga mo‘ljallangan. U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.
Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirish va 60 mingga yaqin xonadonni toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:23 / 28.04.2026