Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
Vladimir oblastining Gus-Xrustalniy shahrida erkak kishi avtomashinani harbiy komissarlik binosiga haydab borib, mashinani yoqib yubordi. Mahalliy mer voqea qahramonini «Ukraina firibgarlari qurboni» deb atadi va aholini hushyorroq bo‘lishga chaqirdi.

Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasining Vladimir oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi
Rossiyaning Vladimir oblasti Gus-Xrustalniy shahrida erkak mahalliy harbiy komissarlik binosiga mashinada borib urilib, mashinani yoqib yubordi, deb xabar berdi 25 dekabr, chorshanba kuni kechqurun shahar meri Aleksey Sokolov Telegramʼda. U voqeada Ukraina vakillarini aybladi. «Ukrainalik firibgarlarning yana bir jabrdiydasi avvaliga darvozaga kelib urildi, so‘ng binoning asosiy kirish eshigiga to‘qnashdi, keyin u mashinani yoqib yubordi», — deyiladi mahalliy rahbar bayonotida.
Sokolovning aniqlik kiritishicha, yong‘in o‘chirilgan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan va politsiyaga ko‘rsatma bermoqda. Shahar meri aholini «barcha qo‘ng‘iroq va xabarlarga e’tiborli bo‘lishga» chaqirdi, «ularning mazmuni suhbatdoshning ko‘rsatmalariga binoan har qanday noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni talab qilishdan iborat bo‘lishi mumkinligini» bildirdi va buning uchun «20 yilgacha qamoq jazosi kutayotganini» eslatdi.
«Mediazona»: RFda urush boshlanganidan beri eng ko‘p o‘t qo‘yish holatlari kuzatilmoqda
«Mediazona»ning 24 dekabr kungi hisob-kitoblariga ko‘ra, 13 dekabrdan beri Rossiyada telefon firibgarlari ta’sirida kamida 50 ta o‘t qo‘yish hodisasi sodir bo‘lgan. Jurnalistlarga ko‘ra, bu Ukrainada urush boshlanganidan beri sodir bo‘lgan eng yirik hujumlar to‘lqinidir.
Hujumlarning aksariyati 20 va 21 dekabr kunlari sodir etilgan, deyiladi hisobotda. Rossiya Federatsiyasi hududidagi banklar, politsiya mashinalari, pochta bo‘limlari, MFs filiallari va boshqa obektlarga hujum qilindi. Ushbu to‘lqin paytida o‘t qo‘yish uchun hibsga olingan kamida olti kishi terrorizmda ayblangan. Jurnalistlarning qayd etishicha, ulardan yana 11 nafari mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Hujumlarning asosiy qismi Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida sodir bo‘lgan. U yerda 13 dekabrdan beri jami o‘ttizta hujum uyushtirilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida juda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:41
-
Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi
Jahon | 12:28
-
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
O‘zbekiston | 12:21
-
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 12:20
Mavzuga oid

14:40 / 26.06.2019
Vladimir oblastida 19 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan YTH aybdorlariga sud hukmi o‘qildi

14:40 / 12.06.2018
Rossiyadagi shaharda O‘zbekiston tovarlari uchun logistika markazi tashkil etilmoqda

08:06 / 13.10.2017
Vladimirdagi YTH: so‘nggi jasad Toshkentga olib kelindi

17:45 / 11.10.2017