2017 yilning 12 oktabr kuni soat 17:55da «Özbekiston havo yöllari» MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bölgan YTH oqibatida vafot etgan Özbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toşkentga olib kelindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketildi.
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 6 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petuşin tumanidagi Pokrov temir yöl stansiyasida poyezd va avtobus töqnaşuvi sodir bölgan. YTH natijasida 16 nafar Özbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017 yilning 8 oktabr kuni Özbekiston Harbiy havo kuçlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.
Vladimirdagi YTH oqibatida vafot etgan barça fuqarolarning şaxsi aniqlandi












