Vladimir oblastining Petuşinsk rayon sudi xorijlik ikki fuqaroning har birini beş yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş töğrisida hukm çiqardi, deb xabar berdi Rossiya boş prokuraturasi.
Xabarda aytilişiça, ular jazoni umumiy rejimdagi koloniyada ötaşadi.
Ma'lum qilinişiça, xorijlik ikki fuqaro xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtobusda Rossiyadan Qozoğistonga yölovçilarni noqonuniy olib borişni taşkil etişgan va amalga oşirişgan. Sudlanuvçilar ayblariga iqror bölmadi va qilmişlaridan afsuslanmadi, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2017 yil 6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir oblastida avtobus va poyezd töqnaşuvi oqibatida avtobusda bölgan 56 nafar özbekistonlikdan 19 nafari halok bölgandi.













