Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi ma'lumotiga köra, joriy yilning 9 oktabr kuni Vladimir viloyatidagi özbek diasporasi kömagida, YTH oqibatida vafot etgan, avval şaxsi aniqlanmagan fuqaroning şaxsi aniqlandi. U Özbekiston Respublikasining 1979 yil 7 mart kuni tuğilgan fuqarosi Usmonov Jörabek Jumayeviç bölib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Şeroziy mahallasida istiqomat qilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini Özbekistonga olib keliş böyiça taşkiliy işlar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoşli qizça joriy yilning 10 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi FVVning vertolyotida Moskva şahriga davolaniş uçun olib kelingan bölib, uçiş davomida uning ahvoli yomonlaşmagan, qizçaga vraçlar tomonidan zaruriy yordam körsatilgan.












