Buxoro viloyati hokimligi «Investstroy» OAJning (Rossiya Federatsiyasi, Vladimir şahri) ustav kapitalidagi davlat uluşining 60 foizini oladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorida söz yuritilgan.
Hokimlik tasarruf etiş huquqiga ega bölmaydigan aksiyador huquqini oladi va endi «Investstroy» işlab çiqariş maydonlari bazasida logistik markazni yaratiş böyiça «yöl xaritasi» loyihasini ikki oy muddatda işlab çiqişni nazorat qilişi kerak.
Uşbu loyiha doirasida korxonaning binolari, inşootlari va boşqa mol-mulki yangi maqsadlar uçun ta'mirlanadi hamda rekonstruksiya qilinadi.
Bundan taşqari, uç oy mobaynida «Investstroy»ning samaradorligini oşiriş böyiça biznes-reja tayyorlanişi kerak, kompaniyaning özi esa «Özagroeksport» AJ meva va sabzavotlarni oldindan tölovsiz eksport qila oladigan kompaniyalari röyxatiga kiritilişi kerak (hozirda uşbu röyxatda oltita kompaniya mavjud).












