Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi. U Qo‘rg‘ontepa tumaniga 15 yil hokimlik qilgan, Sirdaryo va Andijon viloyatlari hokimi o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, uzoq yillar davomida davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritgan Avazbek Ergashev hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Avazbek Ergashev 1966 yil Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983 yilda Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.
1992-2022 yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani «Oq-tepa» shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati «Paxta urug‘chilik» birlashmasi raisi, O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi «G‘o‘za urug‘chiligi» respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.
2006-2020 yillarda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi bo‘lgan, 2020-2022 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 2022 yil fevralidan buyon Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U 2023 yil aprel oyi o‘rtalarida Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025