Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
2025 yildan Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Ummon va Bahrayn davlatlarining turizm maqsadida kelgan fuqarolari Qirg‘izistonda yil davomida jami 180 kun vizasiz bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Hukumat buni turistlar oqimini rag‘batlantirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan qadam, deya baholagan.
Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 25 dekabr kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Ummon va Bahrayn fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, 2025 yil 4 yanvardan ushbu davlatlarning turizm maqsadida kelgan fuqarolari 360 kunlik muddat ichida Qirg‘iziston hududida ruxsatnomasiz jami 180 kun bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, boshqa maqsadlarda (masalan: ishga joylashish, o‘qish) kirishda tashrif maqsadiga mos keladigan vizalar talab qilinadi.
Qirg‘iziston hukumati ushbu chora-tadbirlar turistlar oqimini rag‘batlantirish va mamlakatning investitsion, ishbilarmonlik jozibadorligini oshirishga qaratilganini qayd etgan.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026