Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tasodifan ehson qutisiga tushib ketgan iPhone uning egasiga qaytarilmadi
Hindistonda bir erkak smartfonini tasodifan ehson qutisiga tushirib yubordi va uni qaytarib olishga urinishlari besamar bo‘ldi.
Hindistonning Chennay shahridagi hindlar ibodatxonasida tashrif buyurgan ziyoratchilardan biri tasodifan iPhone smartfonini ehson qutisiga tushirib yuboradi.
Ziyoratchi qo‘lidagi telefonini ehtiyotsizlik qilib, bilmasdan qutiga tushirib yuborganini, bu ehson emasligini har qancha tushuntirmasin ibodatxona xizmatchilari uni qaytarib berishdan bosh tortishgan.
«The Times of India»ning xabarida aytilishicha, ibodatxona an’analariga ko‘ra, ehson qutisiga tushgan har qanday narsa "ma’budlarning mulki" hisoblanadi.
Erkak faqat SIM-kartasini olib, shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirishga ruxsat olgan. Hind diniy jamoat tashkiloti rahbarlari ham shu fikrda qolishgan va fuqaroning shikoyatini rad etishgan.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026