Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoqutistonda havo harorati 51 darajagacha sovishi kutilmoqda
Sinoptiklar Yoqutistonda anomal sovuq havo kuzatilishidan ogohlantirdi. Ta’kidlanishicha, 2 yanvar kuni havo harorati -51 darajaga tushishi mumkin.
Foto: yakutia-daily.ru
Sinoptiklar Yoqutistonda aholisi va mehmonlarini havo harorati Tselsiy bo‘yicha -51 darajagacha tushib ketishidan ogohlantirdi. Bundan tashqari, mintaqada kuchli shamol xavfi ham e’lon qilingan.
«2025 yilning 1 yanvaridan 4 yanvarga qadar Yakutsk hamda uning atrofida anomal sovuq kuzatiladi, bunda havo harorati normadan 7 va undan pastroq darajaga tushib ketadi», — deyiladi xabarda.
Prognozlarga ko‘ra, 2 yanvar kuni Yakutskda havo harorati Tselsiy bo‘yicha -51 darajani tashkil etishi mumkin.
Shu bilan birga, o‘tgan 2024 yilda Moskvada o‘rtacha havo harorati yuqori bo‘ldi — 8,2 daraja. Ushbu ko‘rsatkich Rossiya poytaxti kuzatuvlari tarixidagi barcha rekordlarni yangilagan. Bundan oldingi rekord 2020 yilda o‘rnatilgan, o‘shanda o‘rtacha harorat 8 darajani tashkil etgandi. Yanvar va may oyidan tashqari butun yil davomida anomal iliq havo kuzatilgan.
Avvalroq sinoptiklar bu yil yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Mavzuga oid
12:04 / 25.01.2024
Yoqutistondagi qotillikdan keyin odamlar norozilik namoyishiga chiqdi
22:22 / 18.04.2023
Anomal sovuq bog‘larni zararladi. Bu meva narxiga qanday ta’sir qiladi?
17:40 / 07.02.2023
Soliq qarzlari, penyalar va undiruvlarga moratoriy - sovuq tufayli tadbirkorlarga yengilliklar berilyapti
18:17 / 28.01.2023