Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik savdo sheriklari qatoriga kirdi
Xitoy hali ham Rossiya tashqi savdosining uchdan bir qismiga egalik qilib, eng yirik hamkor maqomini ushlab turibdi.
Foto: Getty Images
Rossiya Federal bojxona xizmati (Fs) mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda RBK yozdi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hali ham Rossiya tashqi savdosining uchdan bir qismiga egalik qilib, eng yirik hamkor maqomini ushlab turibdi.
Bozorda 8,8 foiz ulush bilan Hindiston ikkinchi o‘rinda. Turkiyaning ulushi biroz kichikroq - 8,3 foiz.
Undan keyin Belarus – bozorning 7,1 foizi, Qozog‘iston – 4 foiz, Janubiy Koreya – 2,1 foiz, Germaniya va Armaniston – 1,8 foiz, Italiya – 1,5 foiz.
Rossiya tashqi savdosining yana 1,4 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘ninchi ko‘rsatkich.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning o‘n oyi davomida Rossiyaning umumiy savdo aylanmasi 584 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mablag‘ning taxminan 197 milliard dollari Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
11:11
Harbiylar Sumi viloyatidan Rossiyaga 50 nafar tinch aholini majburan olib ketdi
10:39
O‘zbekiston JSTga a’zolik jarayonida Rossiya bilan muzokaralarni yakunlovchi protokolni imzoladi
08:42
Krasnodar o‘lkasi: dronlar quvur va 2 ta kemaga zarar yetkazdi
23:45 / 21.12.2025