Rossiya uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar kuni Kiyevga hujum qildi
Ikki kishi Rossiyaning Ukraina poytaxtiga hujumi qurboni bo‘ldi. Hukumat qarorgohi yonida joylashgan ko‘p qavatli bino shikastlangan.
Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari 1 yanvar, chorshanba kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevga hujum qildi.
Shaharning Pecherskiy rayonida turar joy bo‘lmagan binoga, shuningdek, ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetdi, bir necha qavatlar qisman vayron bo‘ldi. Turar joy binosi hukumat qarorgohi yonida va prezident devonidan, shuningdek, me’moriy yodgorliklar reyestriga kiritilgan uy va Ukraina Milliy banki binosidan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.
"Rossiyaliklar Kiyev markazidagi oddiy uylarga zarba berishdi. Kiyev markazidagi uylar kamida to‘rtta "Shahed"lar bilan hujumga uchragan", deb yozdi prezident devoni rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida.
Rossiyaning Kiyevga hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Kiyevning Svyatoshinskiy rayonida uchuvchisiz uchoq qulashi turar joy bo‘lmagan binoda yong‘in chiqishiga va tramvay yo‘llarining shikastlanishiga olib keldi. Hujumda, rasmiylarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi jarohatlangan. Bu haqda Kiyev shahar harbiy ma’muriyatining yangi rahbari Timur Tkachenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevga hujum haqida xabar bermadi. Harbiy departamentning hisobotida Ukraina hududidagi energetika obektiga zarba berilgani aytilgan. Obektning aniq qayerda joylashgani ko‘rsatilmagan. Rossiya vazirligi bayonotiga ko‘ra, shuningdek, harbiy aerodromlar, ekipajsiz katerlar yig‘iladigan maydoncha va «142 ta hududda dushman kuchlari va harbiy texnikasiga» zarbalar berilgan.
Mavzuga oid
22:12 / 06.01.2025
Ilhom Aliyevning aviahalokat haqidagi bayonoti kremlebotlar hujumiga uchradi
17:56 / 06.01.2025
Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi
17:26 / 06.01.2025
Rossiyaning Voronej oblastida migrantlarga yana bir necha sohada ishlash taqiqlandi
15:29 / 06.01.2025