Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovdagi g‘alabasidan keyin donorlardan qariyb 200 mln dollar to‘pladi
Donald Tramp noyabr oyida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin uning ittifoqchilari ko‘p sonli donorlardan 200 milliondan ziyod mablag‘ to‘pladi. Donorlar orasida Pfizer, Amazon va OpenAI kabi kompaniyalar ham bor.
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 2024 yil noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin donorlardan 200 million dollardan ziyod mablag‘ to‘pladi, deb xabar bermoqda The New York Times.
«Tramp noyabr oyida saylovlarda g‘alaba qozonganidan keyin uning ittifoqchilari ko‘p sonli donorlardan 200 milliondan ziyod mablag‘ to‘pladi. Ushub pullar uning inauguratsiyasi, siyosiy vazifalarni bajarishiga, shuningdek, prezident kutubxonasining ochilishiga sarflanishi mumkin», — deb yozadi gazeta.
Donorlar orasida Pfizer, Amazon, OpenAI, shuningdek, kriptovaluta bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham bor.
Trampning inauguratsiyasi bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitaning o‘zi donorlardan kamida 150 million dollar to‘plagan bo‘lib, bu yaqin haftalarda yana oshishi kutilmoqda. To‘plangan mablag‘lar Tramp 2017 yilda o‘rnatgan rekorddan sezilarli darajada ko‘p: o‘shanda u inauguratsiya xarajatlari uchun 107 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.
Bundan tashqari, Tramp tomonidan shakllantirilgan boshqa qo‘mitalar ham donorlardan mablag‘ olmoqda. Xususan, ular mablag‘larni Trampga yaqin bo‘lgan siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlashga va ularning saylovoldi tadbirlarini moliyalashtirishga sarflash niyatida.
Avvalroq Apple bosh direktori Tim Kuk AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya jamg‘armasiga shaxsan 1 million dollar xayriya qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
20:52 / 09.06.2026