Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi.
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi xonadonda 3 yanvar kuni gaz chaqnadi, oqibatda bir kishi vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Soat 03:00 lar atrofida Shomat mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadonining yotoqxona qismida qo‘lbola usulda qurilgan isitish pechini yoqmoqchi bo‘lib, gugurt chaqqan vaqtida xonaga to‘plangan tabiiy gaz va havo aralashmasidan chaqnash yuz bergan.
Oqibatda ushbu xonada bo‘lgan xonadon egasi tanasining 90 foizi, turmush o‘rtog‘i tanasining 35−40 foizi, o‘g‘li tanasining 20−30 foizi, qizi tanasining 70 foizi qismi kuyish tashxisi bilan tuman ShTTYoBga yotqizilgan.
Hodisa joyiga tuman prokurori v.b., tuman IIB boshlig‘i, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Marhamat tumangaz ta’minoti filiali mas’ul shaxslari va tezkor tergov guruhi chiqib protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda jabrlanuvchilardan xonadon egasi va uning o‘g‘li tuman ShTTYobda davolanayotgan bo‘lsa, xonadon egasining turmush o‘rtog‘i Andijon shahrida joylashgan RShTTYoIAMda davolanmoqda va jabrlanganlardan voyaga yetmagan qiz olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 4 yanvar kuni vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va sifatli olib borilishini ta’minlash maqsadida tuman prokuraturasi tomonidan jabrlanuvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:51
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026