Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 10 yanvar, juma kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–4 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi –4...+2 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –5...–10 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2025 yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti. Havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:13
Toshkent havosida mayda zarrachalar darajasi me’yordan oshmadi
09:49
Tuman havodagi mayda zarrachalar miqdorini oshirishi mumkin - O‘zgidromet
11:45 / 09.12.2025
O‘zbekistonda ish haftasida yog‘ingarchilik davom etadi
11:00 / 08.12.2025