Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchiga chora ko‘rildi
Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan.
Qarshi shahridagi maktablarning birida tahsil oladigan o‘quvchi maktabga mashina minib kelgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchi shahardagi 41-maktabga “Jyentra” mashinasini minib kelgan va shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimlari e’tiboriga tushgan.
Xodimlar hodisa joyiga IIB YHXB xodimlarini chaqirgan. YPX xodimlari kelib surishtiruv o‘tkazganida “Jyentra”ni maktab o‘quvchisi minib kelgani va unda mashina boshqarish uchun hech qanday hujjat yo‘qligi aniqlanadi.
YPX xodimlari holat yuzasidan ma’muriy bayonoma rasmiylashtirayotganda qoidabuzar o‘quvchining akasi kelib, mashinani ukasi emas, o‘zi boshqarganini aytadi va janjal ko‘taradi.
Biroq atrofdagi kuzatuv kameralaridagi lavhalar tekshirib ko‘rilganda mashinani aynan maktab o‘quvchisi boshqargani aniqlanadi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan.
“O‘zbekiston-24” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, holat 41-maktab o‘qituvchilari (!) ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan va ular kelgusida voyaga yetmaganlar bilan bunday holatlar yuz bermasligi bo‘yicha ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026