O‘zbekiston | 15:25 / 13.01.2025
1535
1 daqiqa o‘qiladi

Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputati faoliyati kafolati kuchaytiriladi.

Deputatlik faoliyatida boshqalarga o‘rnak bo‘lgan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashining faol deputatlarini tegishli siyosiy partiya rahbarining taqdimnomasiga asosan milliy kadrlar zaxirasiga kiritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalliy budjetni shakllantirish jarayoniga mahalliy kengash deputatlarini faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligi oshiriladi, deputatlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi.

Budjet loyihasini shakllantirishda hududlar toifasidan kelib chiqib, budjet xarajatlarining uch – besh foizi bevosita mahalliy kengash deputatlarining tashabbusi asosida yo‘naltirilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, Senat bilan hamkorlikda “Saylovchi – deputat – hokim – kengash” to‘rt bo‘g‘inli o‘zaro hamkorlik tizimi joriy etilishi nazarda tutiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar