Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston xorijliklar uchun bank kartalarining amal qilish muddatini chekladi
Qaror «narkotik moddalar va raqamli aktivlarning noqonuniy aylanishi sohasida bank xizmatlaridan foydalanish xavfini minimallashtirish maqsadida» qabul qilingan.
Qozog‘iston hukumati norezidentlar uchun to‘lov kartalarining amal qilish muddatini 12 oygacha chekladi. Bu haqda Qozog‘iston moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi (ARRFR) xabar berdi.
Qayd qilinishicha, qaror «narkotik moddalar va raqamli aktivlarning noqonuniy aylanishi sohasida bank xizmatlaridan foydalanish xavfini minimallashtirish maqsadida» qabul qilingan.
ARRFR yangi qoidalar amaldagi to‘lov kartalariga taalluqli emasligini tushuntirdi. Bundan tashqari, ishbilarmonlar, diplomatlar va investorlar uchun kartalarning amal qilish muddati cheklanmaydi. Boshqa narsalar qatorida, ARRFR har bir mijozga ochiladigan to‘lov kartalari sonini ham kamaytirgan.
Avvalroq MarketOverview Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligiga tayanib, 2022 yildan 2024 yilgacha 695 ming rossiyalik mahalliy banklardan karta olgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
10:38 / 31.03.2026
Toshkentda xalqaro moliya markazi va xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi
09:08 / 23.12.2025
O‘zbekiston kapital bozorida zamonaviy moliyaviy instrumentlar joriy etiladi
11:26 / 28.11.2025